O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Moskvada Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
“2018-yil 7-sentabr kuni O‘zbekiston respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi”, deyiladi xabarda.
Tashrif dasturidan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston —Rossiya hukumatlararo komissiyasining 19-yig‘ilishida ishtirok etish o‘rin olgan.
Izoh (0)