31-avgust kuni Yunusobod tumanidagi Korzinka.uz Sayram supermarketining ikkinchi qavatida Turkiyaning yirik multibrend poyabzallar do‘koni – FLO’ning taqdimoti, 1-sentabr kuni esa tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekistondagi ilk FLO do‘koni taqdimotida kompaniya rahbariyati, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Ta’kidlash kerakki, FLO - bu 400 ga yaqin do‘konlarga ega, Turkiyada poyabzal va aksessuarlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik chakana tarmoq sanaladi. U Germaniya, Albaniya, Makedoniya, Gruziya, Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston va dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlariga poyabzal eksport qiladi.
Tarmoqda Kinetix, Polaris, Torex, Butigo, Art Bella, Panama Club, US Polo Assn, Lumberjack, Dockers By Gerli, Garamond kabi Turkiya va Yevropa brendlarining poyabzallari taqdim etilgan.
Aytgancha, 1—2—3-sentabr kunlari do‘konda “1+1” aksiyasi amal qilmoqda. Unga ko‘ra, 1 juft poyabzal xarid qilsangiz, yana bir juft (ikki juftdan arzonrog‘i) poyabzalni sovg‘a tarzida tanlab olishingiz mumkin.
Yangi do‘kon Yunusobod tumani, 19-kvartal, 15-uy manzilida joylashgan.
Mo‘ljal: Korzinka.uz Sayram supermarketining ikkinchi qavati.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)