AQSh prezidenti Donald Tramp kelgusi haftada 200 milliard dollarlik Xitoy tovarlariga yangi bojlarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Nashrga ko‘ra, Oq uy rahbari hozircha qaror qabul qilmagan, biroq u bir nechta tadbir bilan yangi tariflarni joriy etishi mumkin.
Bojlar yong‘oqlar, dengiz mahsulotlari, mevalarga daxl qilishi va 25 foizga yetishi mumkin.
Bloomberg nashriga intervyusida Trampdan ushbu ma’lumotni tasdiqlashni so‘rashgan. Bunga javoban u kulib qo‘ydi va nashr “juda adashmayotganligi”ni ma’lum qildi.
Izoh (0)