Andijon shahrida bepul Wi-fi hududli elektron kutubxona tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan keyingi ikki oyda viloyat markazidagi ko‘chalar, xiyobonlar, bozorlar hududi, yirik tashkilotlar oldida ana shunday oynavand kitob javonlari tashkil etilib, ularning yoniga mutolaa uchun qulay bo‘lgan o‘rindiqlar o‘rnatildi.
Kitob javonlari korxona-tashkilot va muassasalar, ziyolilar, kitobxonlikka qiziqadiganlar, odamlarning o‘qimishli bo‘lishini istagan kishilar tomonidan ixtiyoriy ravishda turli mavzulardagi badiiy va ommabop kitoblar bilan to‘ldirib borilmoqda.
Kitob javonlari takomillashtirilib, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi viloyat musiqali drama va komediya teatri oldidagi keng maydonda navbatdagi elektron kutubxona tashkil etilgani ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Kelgusida Andijon shahridagi yana 12 manzilda ana shunday Wi-fi hududli elektron kutubxona tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)