Xorazm viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat vazifalarini bajarish vaqtida qahramonlarcha halok bo‘lgan kapitan Ko‘palboy Otajanov va safdor Dilshod Yoqubovlarning oilasiga Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari va Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi faollari tashrif buyurdilar, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
Tashrif jarayonida ushbu xodimlarning xizmat paytidagi mardlik va jasoratlari yana bir bor xotirlandi hamda homiylar tomonidan ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari, maktab o‘quv qurollari xonadon a’zolariga topshirildi.
Izoh (0)