AQSh prezidenti Donald Tramp “anonim manbalarga” havola beradigan OAVlardagi materiallarni o‘qimaslikka chaqirdi. Bunga bir necha kun avval CNN telekanalining manbalaridan biri telekanal orqali uzatilgan axborotning ishonchsizligini tan olgani sabab bo‘lgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Trampning yozishicha, ko‘plab anonim manbalar hatto mavjud emas. Ular — soxta OAV tomonidan o‘ylab topilgan to‘qima. Prezident anonim manba ko‘rsatilgan materialni o‘qishni to‘xtatishga chaqirgan.
Izoh (0)