Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

28-avgust kuni Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yetti yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Tantanali bayram tadbirida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilari va butun viloyat ahlini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Xususan, 2019—2022-yillarga mo‘ljallangan Samarqand shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bergan topshiriqlari asosida bugungi kunda UNESCO tashkiloti bilan kelishilgan holda xitoylik me’morlar bilan shaharni zamonaviy qiyofaga ayantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Yangi dastur asosida Samarqand shahri haqiqiy sharq durdonasiga aylantirish ko‘zda tutilganligini bildirib o‘tdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Viloyat hokimi o‘tgan davr mobaynida Samarqandda erishilgan yuksak rivojlanishlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi. Birgina joriy yilning o‘zida davlat investitsiya dasturi bo‘yicha 22 ta tibbiyot, 8 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 101 ta maktab, bolalar musiqa va san’at maktabi, sport maktabi, yopiq suv havzasi qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, 33 kilometr xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llar rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. 183 kilometr xo‘jaliklararo va qishloq aholi punktlari yo‘llari joriy ta’mirlanmoqda.

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 18 ta toza ichimlik suv obyekti bunyod etildi. Buning uchun tegishli Dasturlar asosida 34,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Musulmon olamida buyuk muhaddis sifatida e’tirof etiladigan ulug‘ alloma Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining milliy va zamonaviy arxitektura talablari asosida rekonstruksiyasi olib borilayotgani bu maskanning yana ham obod bo‘lishi hamda ziyoratchilar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratilishiga xizmat qiladi. Prezident tashabbusi bilan bu yerda umumiy qiymati 116 milliard so‘mni tashkil etadigan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurilish ishlari yakuniga yetmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bulardan tashqari, joriy yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirish dasturiga asosan umumiy qiymati 4 trilion 604 milliard so‘mga teng jami 1294 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

“Bunday istiqbolli loyihalar va yangidan barpo etilayotgan inshootlar inson omilini ulug‘lash, xalqimizning yanada farovon hayot kechirishiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir, - deya ta’kidlab o‘tdi Erkinjon Turdimov.

Viloyat hokimi o‘z so‘zi davomida Samarqandd amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritib, barcha sa’y-harakatlar xalq farovonligini oshirish, shahar va qishloqlarini obod qilishga qaratilganini ta’kidladi.

Bayram dasturida samarqandlik va poytaxtdan kelgan san’atkorlar, badiiy jamoalarning konserti namoyish etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi