Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston va Fransiya 2019—2021-yillarda xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim sohalarida hamkorlik bo‘yicha maqsadli dasturni imzolash niyatida. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi delegatsiyaning Fransiya xalq ta’limi vazirligi rahbariyati bilan muzokaralari davomida ma’lum bo‘ldi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

Uchrashuv chog‘ida, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, O‘zbekistondagi maxsus maktablar va fransuz tili darslari soatini ko‘paytirish, shuningdek, o‘quv materiallari, qo‘llanmalar va multimedia dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar davomida fransuz tili va madaniyati markazlarini tashkil etish, ikki davlat ta’lim vazirliklari o‘rtasida yangi kelishuv va hamkorlik dasturlarini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)