Ukraina poytaxti Kiyev shahrida o‘g‘rilik haqida yolg‘on ma’lumot bergan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta‘kidlanishicha, 36 yoshli kiyevlik erkak politsiyaga o‘g‘rilik haqidagi xabar bilan murojaat qilgan. Erkakning politsiyaga ma’lum qilishicha, unga ko‘chada ikki noma’lum kishi uchragan va ichida 200 ming griven bo‘lgan sumkasini qo‘lidan tortib olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, naqd pullar u ishlaydigan sug‘urta kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.
Politsiya jinoiy ish ochgan. Biroq tergov vaqtida erkakning ko‘rsatmalarida chalkashliklar kuzatilgan. Aniqlanishicha, erkak kompaniya pullarini o‘zlashtirish maqsadida jinoyatni o‘zi o‘ylab topgan.
Yolg‘on ma’lumot berganlik uchun erkakka nisbatan ish ochilgan. U ikki yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)