Buyuk Britaniyada ajoyib shar uylar paydo bo‘ldi. Ularning muallifi — muhandis Jag Virdi. Bir vaqtlar u Rolls-Royce kompaniyasida ishlagan. Shar uy Conker nomini olgan bo‘lib, zamonaviy va qimmat bo‘lmagan turar joy hisoblanadi. Bitta shunday konteyner 27 ming dollar turadi. Xohishga qarab, ularni birlashtirish mumkin. TravelAsk ana shu uylar suratlarini taqdim etdi.
Shar to‘rtta ustun nuqtali asosga mahkamlanadi, shu tufayli uni har qanday landhsaftga moslashtirish mumkin. Sharning diametri to‘rt metrni tashkil qiladi. Bo‘lajak xaridor uning tashqi ko‘rinishiga o‘zi xohlagan suratni buyurtma qilishi mumkin. Ichki ko‘rinish ham individual loyiha asosida bezatiladi.
Izoh (0)