Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 15-avgust kuni Samarqand shahrida yashagan Sh.Rahmatov Nexia rusumli avtomobilini “Olmaota—Bishkek—Toshkent——Shahrisabz—Termiz” yo‘lining 996-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, beton to‘siqqa borib urildi.
Avtomashina ag‘darilib, yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchi hamda uning mashinada bo‘lgan rafiqasi kuyish jarohatlaridan voqea joyida halok bo‘ldi.
“Yoshlar” telekanalining “Davr” dasturiga ko‘ra, hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir jihat barchani hayratiga sabab bo‘ldi: butunlay alanga ichida qolgan mashina ichida Qur’oni karim kitobi bus-butunligicha saqlanib qolgan.
Kitob avtomobilning yukxonasida bo‘lgan. Yukxonadagi barcha buyumlar esa yonib, kulga aylangan.
Izoh (0)