14-avgust kuni Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi muqaddam sudlangan M.M. Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi N.Ch. ismli ayolga o‘zini tuman yer tuzuvchisi deb tanishtirib, tuman hududidan 1 gektar bog‘ uchun yer ajratib berishini aytgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.
Fuqaro M.M. tuman hokimiyatidan hujjat rasmiylashtirib berishini va’da qilib, evaziga ma’lum miqdorda pul so‘ragan.
M.M. kelishilgan mablag‘ni olayotgan vaqtida viloyat ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Izoh (0)