Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon “O‘zekspomarkaz”da tashkil etilgan Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu yerda Tojikistonning yuzdan ortiq korxonalari mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevga bu korxonalar haqida so‘zlab berildi. O‘zbekiston rahbari mahsulotlarning sifati bilan qiziqdi, ishlab chiqaruvchilar bilan suhbatlashdi.
Tashqi savdo va iqtisodiyot mahkamalariga eksport-import aloqalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Sanoat korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish, tadbirkorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorligini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
Izoh (0)