Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari Genuya shahri yaqinidagi avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdarlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘prik qulashi 20 kishining umriga zomin bo‘ldi, 10 kishi bedarak yo‘qolgan.
Izoh (0)