“Manchester Siti”ning ispaniyalik yarim himoyachisi David Silva terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
32 yoshli futbolchi Ispaniya terma jamoasi safida 2006-yildan boshlab to‘p surib kelayotgan edi.
David terma jamoa bilan birgalikada 2 marta Yevropa chempionati (2008, 2012) va bir marta Jahon chempionati (2010) g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Futbolchi terma safida 129 o‘yin o‘tkazib, 37 ta gol urishning uddasidan chiqqan.
Ma’lumot uchun, avvalroq himoyachi Jerar Pike ham terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)