Navoiyda 100 megavatt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan sinov loyihasining yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi 8-avgust, chorshanba kuni qaror qabul qildi, deb yozmoqda Spot.
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) davlat-xususiy sheriklik asosida fotoelektr stansiyalarni loyihalash, moliyalashtirish, qurish hamda foydalanish uchun investorlarni qidirish va tanlov asosida jalb etishga kelishgan.
Xususan, IFC bu kabi loyihalarni amalga oshirish uchun 1 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb qilishga qaror qilgan. Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning mart oyida xalqaro tender e’lon qilinadi. Avgust oyida esa investorlar bilan shartnomalar imzolanadi.
2019-yilning sentyabrida IFC bilan 900 megavatt quvvatga ega bo‘ladigan obyektlarni qurish bo‘yicha shartnomaning talab va muddatlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.
Avvalroq, 2008—2014-yillarda Navoiy viloyatida 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)