Xitoyning Gansu provinsiyasida jala quyishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Ma’lumotlarga qaraganda, Bayin hududida jala suv toshqinlarini keltirib chiqargan. Ko‘plab uy-joylarni suv bosgan. Avtomobillarni suv toshqini oqizib ketgan.
Ayni paytda favqulodda xizmatlar provinsiya hududida jabrlanganlar va halok bo‘lganlarni qidirish ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)