Toshkentning Baynalmilal ko‘chasida 1—2-avgust kunlari yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlangan 26 nafar haydovchidan yana 5 nafari 9-avgust, payshanba kuni ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Haydovchilarga nisbatan yo‘l harakati qoidalarining 65-bandiga ko‘ra bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi eng kam ish haqining 10 baravari (10-avgust holatiga ko‘ra — 1 843 000 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi.
Avvalroq, Baynalmilal ko‘chasida 26 ta avtomobil yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlangani aks etgan videoregistrator yozuvi e’lon qilingan edi. Haydovchilardan 5 nafari 1,8 million so‘mdan jarimaga tortilgan.
Izoh (0)