AQShning Las-Vegas shahrida Broadcom kompaniyasi asoschilaridan biri, milliarder Genri Nikolas III hibsga olindi. Bu haqda Los Angeles Times’ga tayanib, News Liga xabar bermoqda.
Milliarder bir qator giyohvand moddalari — geroin, kokain, metamfetamin va ekstazini sotishda gumon qilinmoqda.
Giyohvand moddalar politsiya xodimlari tomonidan mehmonxona nomeridan topilgan. Politsiyani mehmonxona qo‘riqlash xizmati chaqirgan. Shuningdek, politsiya milliarderning hamrohi — Eshli Fargo ismli ayolni ham hibsga olgan. Keyinroq ularning ikkisi ham garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
Milliarderning advokati Devid Chesnoff uning jamoasi o‘z tergovini olib borishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)