Surxondaryoda abituriyentdan 2 ming dollar olgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi, deb yozmoqda O‘zA.
Surxondaryoda J.O. Termiz davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga V.S.ni o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan. J.O. yaqin tanishlari orqali ijodiy imtihonlardan yaxshi baholar olib berishini aytgan va buning uchun 4 ming dollar so‘ragan. J.O. 2 ming dollarni sanab olayotgan paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Ayni paytda unga nisbatan JK 168 va 211-moddalarining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB ma’lumotlariga qaraganda, avvalroq T.J. abituriyent qizni Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialiga kiritib qo‘yish evaziga 3 ming 500 dollar olgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)