Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘tgan hafta mobaynida Yevropa Ittifoqida safarda bo‘ldi, deya “Ukrainskaya pravda” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Poroshenko 29-iyuldan 5-avgustga qadar bir qator uchrashuvlarda qatnashish uchun Yevropa Ittifoqida bo‘lgan.
Poroshenko safarga o‘z hisobidan borgan va 6-avgust kuni Kiyevga qaytgan.
Avvalroq, Poroshenkoning 30-iyuldan boshlab ish joyida ko‘rinmay qolgani xabar qilingan edi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, prezident Ispaniyadagi villasida dam olgan. Boshqa manbalarning xabar qilishicha esa Poroshenko o‘zining do‘sti va hamkori Yuriy Kosyuk bilan birgalikda O‘rtayer dengizida yaxtada sayr qilgan.
Izoh (0)