Adliya vazirligi eski ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish tartibiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, buning uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi hamda talonga qo‘shimcha ikkita hujjat — tibbiy ma’lumotnoma hamda imtihon varaqasi qo‘shildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Mazkur hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi qaroriga asosan tasdiqlangan.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi qaroriga ko‘ra, haydovchilik guvohnomalarini almashtirishning soddalashtirilgan tartibi 2020-yil 31-dekabriga qadar amalda qiladi.
Shunday qilib, yangi haydovchilik guvohnomasini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlariga kelib, pasport, guvohnoma va talonni taqdim qilish kifoya qiladi.
Izoh (0)