Ochiq ma’lumotlar portali hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirishi shart bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati ishlab chiqildi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Ro‘yxat 2013—2020-yillarda Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining 7-sonli majlis bayoni 5-ilovasida keltirilgan.
Ro‘yxat bilan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining veb-saytida tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2015-yildagi 232-son “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portalini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorida Ochiq ma’lumotlar portalini shakllantirish belgilangan.
Qarorga asosan, mahalliy hokimiyat organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari o‘z rasmiy veb-saytlari va Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadigan ma’lumotlarni vaqtida yangilanib borishi lozim.
Izoh (0)