1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligida “Buyuk Kelajak” xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo” ga xabar bermoqda.
Uchrashuvda tashkilot muassislaridan biri Bahrom Ismoilov va KPMG kompaniyasining strategiyalar xalqaro guruhi direktori Svetlana Chekmazova ham ishtirok etdi.
Tomonlar mamlakatning tashqi savdo salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyo mamlakatlarida eksportni rivojlantirish, eksport geografiyasini kengaytirish kabi masalalarda fikr almashdi.
Tomonlar O‘zbekistonning tashqi savdo sohasini rivojlantirish uchun kelgusida ham hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.
Izoh (0)