• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Markaziy davlat arxiviga “milliy” maqomi va yangi bino berish taklif etilmoqda

    “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga jahon madaniy merosini saqlovchi Markaziy davlat arxiviga “milliy” maqomi va yangi bino berish haqidagi murojaat joylandi.

    Foto: Shutterstock

    Foto: Shutterstock

    “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari asosida Vatanimiz tarixini yorituvchi yurtimizdan tashqarida saqlanayotgan hujjatlarni qaytarish va ularni saqloviga e’tibor kuchaytirilayotgan bir vaqtda, o‘zimizda saqlanayotgan noyob arxiv manbalar ayanchli sharoitlarda saqlanmoqda”, deyiladi murojaat matnida.

    Arxivga “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi” maqomini berish, uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash quyidagilar bilan asoslanadi:

    1.Agar biz rivojlangan davlatlar (AQSh, Germaniya, Angliya, Fransiya, Yaponiya va Koreya) tajribasiga suyanadigan bo‘lsak, ulardagi yetakchi arxivlar “milliy” maqomga ega bo‘lib, to‘liq davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa, davlat arxivini pullik xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan mablag‘ topish to‘g‘risida qayg‘urishi o‘rniga davlat va jamiyat ahamiyatiga molik bo‘lgan bebaho milliy merosni asrab avaylash ishlari bilan to‘liq shug‘ullanish imkoniyatini yaratib bergan.

    2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi hujjatlar hajmi va qiymatliligi bo‘yicha Markaziy Osiyodagi eng yirik arxiv sanaladi. Bugungi kunda arxivda 3 milliondan ortiq yig‘majild (delo)lar saqlanib, eng qadimiysi IX asrga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatdir. Ammo ushbu noyob hujjatlar saqlanayotgan arxiv binosi 1964-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, zamonaviy talablarga umuman javob bermaydi. Ma’lumki, arxivning birlamchi vazifasi hujjatlarning bus-butun saqlanishini ta’minlashdir. Ammo O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining binosida hech qanday sharoitlar mavjud emas. Jumladan, arxiv saqlovxonalarida uzoq yillardan beri konditsioner (qishgi va yozgi sovitgich va isitgichlar) tizimi ishlamayotganligi, o‘tgan yillar davomida zaruriy havo va namlikni ta’minlash uchun zaruriy me’yor talablarining bajarilmasligiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlar va hattoki bir qator MDH davlatlarida saqlovxonalar zamonaviy stellajlar, yoritish tizimi, qo‘riqlash va yong‘in xavfsizligi tizimlarini kompyuter texnikasi yordamida maxsus dasturda boshqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bizdagi arxivlarda esa hamon eskirgan usulda ishlar davom etmoqda.

    3. Masofadan turib axborotni elektron shaklda izlab topish va unga buyurtma berish imkoniyatlari oshib borayotgan bir vaqtda Markaziy davlat arxivida hamon an’anaviy tarzda qog‘oz kataloglaridan foydalanish davom etib kelmoqda. Mazkur masalani hal etish uchun arxivda maxsus dastur ishlab chiqish va texnika sotib olish zaruratining tug‘ilganiga ancha yillar bo‘lgan. Afsuski, bu sohada ham O‘zbekiston arxivlari ancha orqada. Ushbu arxivda “Jahon xotirasi” dasturiga kiritilgan hujjatlarni saqlash va ularni o‘rganish uchun tashrif buyurgan har qanday tadqiqotchiga zaruriy sharoitlar yaratilmagan.

    Jamoaviy murojaat hukumatga kiritilishi uchun 10 mingta ovoz to‘plashi lozim. 10-iyulda joylangan petitsiya hozircha 141 ta ovoz yig‘gan. Murojaatga ovoz berish uchun yana 86 kun qoldi.

    02.08.2018, 11:23   Izoh (0)   8000
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-oktabrdan yer uchastkasini 50 yilga ijaraga olish mumkin bo‘ladi

    02.08.2018, 11:10

    O‘zbekistonda “raqamli bank” termini paydo bo‘ldi

    02.08.2018, 10:57

    Prezident “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi

    02.08.2018, 10:44

    O‘zbekistonlik talabaning Janubiy Koreya Immigratsiya xizmati tomonidan kaltaklanishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi (video)

    02.08.2018, 10:35

    Click kompaniyasi 1-avgustdagi test natijalarini bilish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirdi

    02.08.2018, 10:25

    Bir kunda 255 nafar abituriyent test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi

    02.08.2018, 10:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Oddiy hujrani rad etgan yangi Rim papasi hashamatli saroyda yashashga qaror qildi (video)

    Dunyo | 22 avgust, 13:32

    “Do‘zax darvozalari ochiladi”: Isroil HAMASni ogohlantirdi

    Dunyo | 22 avgust, 13:25

    BMT: Rossiya ukrainaliklarga nisbatan jinsiy qiynoqlar qo‘llamoqda

    Dunyo | 22 avgust, 13:10

    Kolumbiyada politsiya vertolyoti urib tushirildi, 12 kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 22 avgust, 12:55

    Xitoylik ayol qamoq jazosidan qochish uchun to‘rt yil ichida uch marta farzandli bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 12:45

    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

    Reklama | 22 avgust, 12:00

    Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayevning “Universitatya”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

    Sport | 22 avgust, 12:36

    G‘azodagi shifokor va gumanitar tashkilotlar evakuatsiyaga tayyor turishga chaqirildi

    Dunyo | 22 avgust, 12:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.