Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining joriy yilning 18-avgustidan 2-sentabriga qadar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etish joiz, tarkibda Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi Ruslan Nurudinov ham bor.
O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan tarkibi:
Erkaklar:
- -62 kg: Adham Ergashev
- -69 kg: Doston Yoqubov
- -77 kg: Shahzod Xudayberganov
- -85 kg: Sunnatilla Usarov
- -94 kg: Farhod Sobirov
- -105 kg: Ruslan Nurudinov
- +105 kg: Rustam Djangabayev
- -58 kg: Muattar Nabiyeva
- -75 kg: Omadoy Otakuziyeva
Murabbiy: Bahrom Mendibayev
Murabbiy: Mansurbek Chashemov
Murabbiy: Artur Yemiryan
Massajchi: Obiddin Muslimov
Izoh (0)