Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Super kelinchak”, “Zirapcha”, “Tashlandiq”, “Ichkuyov” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan aktrisa Diana Yagofarova “The Mag” jurnaliga intervyu berdi. Intervyuda aktrisa kinodagi 10 yillik tanaffusi sabablari va shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram / @dianayagofarova

Foto: Instagram / @dianayagofarova

Diananing aytishicha, o‘tgan 10 yil davomida u o‘zini oilaga bag‘ishlagan. U 9 yil avval Murod ismli yigitga turmushga chiqqan edi. Hozirda ular ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazmoqda.

“O‘tgan 10 yil ichida men o‘zgardim. Men hozirda yangi his-tuyg‘ularni boshdan kechirmoqdaman. Ona bo‘lganim bunda asosiy rol o‘ynadi. Dunyoga men uchun eng qadrli bo‘lgan marvaridlarim ko‘zi bilan qaray boshladim. O‘ylaymanki, tomoshabinga aytar so‘zim bor. Maqsadlarim juda katta: Keyingi yili Kann kinofestivalida qatnashib, o‘z yurtimni dunyoga tanitmoqchiman. Hech kimga sir emaski, O‘zbekiston keyingi yili ushbu nufuzli festivalda laureat sifatida ishtirok etadi. Kino sohasi rivojlanayotgani meni juda quvontiradi. Hukumat mablag‘ ajratyapti, filmlar sifati va mazmuni tubdan o‘zgardi. Bunday imkoniyatlar kinosanoatda faoliyat yurituvchi insonlar va aktyorlar uchun rivojlanish va ijodning yangi marralarini ochadi”, — deydi Diana.

Nashr muxbiri Diananing turmush o‘rtog‘i Murod Yunusxo‘jayevga yuzlanib, undan aktrisaning kinoga qaytishiga munosabatini so‘ragan. Savolga Diananing turmush o‘rtog‘i quyidagicha javob beradi:

“Dastlab men bunga ikkilanish bilan qaradim. Hayotimning Diana bilan o‘tkazgan to‘qqiz yili davomida uning har doim yonimda bo‘lib, farzandlarimiz tarbiyasi va uy ishlari bilan shug‘ullanishiga o‘rganib qoldim. Kino, suratga olish jarayonlari, repititsiya kabi jarayonlar esa muntazam ravishdagi ayriliqni talab qiladi. Biroq Diana ijodkor va maqsadidan toyishmaydigan inson. Shuning uchun unga iste’dodini yuzaga chiqarishga imkon bermaslik ahmoqlik bo‘ladi. Men uning kinoga qaytishiga qarshi emasman, aksincha uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayman”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi