Aktrisa Asal Shodiyeva dizayner dugonasi Dilnozaning yangi kiyimlar to‘plami fotosessiyasida suratga tushdi.
Dizaynerning yangi to‘plami zamonaviy va bejirim choponlardan iborat. Uzun sochlari mayda qilib o‘rilgan hamda milliy taqinchoqlarni taqib olgan Asal suratlarda haqiqiy o‘zbek ayoli timsolida gavdalanadi. Ushbu suratlar Instagram foydalanuvchilari tomonidan ijobiy baholandi. Ular Asalga mazkur obraz juda yarashganini yozib qoldirgan.
https://www.instagram.com/p/Bk-rZcTHMF_/?taken-by=asalshodieva
Izoh (0)