Hindistonning Metric Ventures kompaniyasi ta’sischi-direktori Rashmi Ranjan bilan Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev o‘rtasida to‘rt yulduzli mehmonxona qurilishi masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Mehmonxona barcha talablarga javob berishi hamda to‘liq chet el kapitali asosida qurilishi belgilangan. Uning uchun Buxoro shahrining “Sitorai Mohi-Xossa” ko‘chasidan 1,75 gektar yer maydoni ajratildi.
Mazkur kompaniya Buxorodan tashqari Samarqand va Toshkentda mehmonxonalar, boshqa viloyatlarda esa 1000 gektargacha bo‘lgan maydonda intensiv bog‘lar qurishni ham rejalashtirishgan.
Izoh (0)