Yaponiyada kafeda mushuklar yer silkinishidan 10 soniya avval sezib, bezovtalangan va bu holat tasvirga tushirilgan video You Tube kanaliga joylashtirilgan.
Video 18-iyun kuni tasvirga tushirilgan. Kadrlarda tinch holatda bo‘lgan mushuklar zilzila bo‘lishidan 10 soniya avval har tarafga sakrab yashirinishga harakat qilishgan. Bu rolik bir milliondan ortiq ko‘rilgan va fikrlar yozilgan.