Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 12-iyul kuni Olmazor tumanida yashovchi muqaddam sudlangan Saidnu’mon Akbarov “Malika” savdo majmuasining avtoturargohida o‘zaro janjal oqibatida Olmazor tumanida yashovchilar X.S., A.A. va J.M.larga pichoq bilan jarohat etkazib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada, olgan jarohatlari sabab X.S., A.A., J.M.lar kasalxonaga yotqizilgan. S.Akbarovni esa ushlash choralari ko‘rilgan.
Fuqarolardan, Saidnu’mon Akbarovni ko‘rgan, u haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘ralgan.
Izoh (0)