Tailand shimolidagi suv bosgan g‘orda qolib ketgan mahalliy o‘smirlar futbol jamoasi a’zolarining sakkiz nafari u yerdan qutqarib olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Dastlab g‘ordam oltinchi bolaning chiqarib olingani haqida xabar qilingan. Birozdan so‘ng u yerdan sakkizinchi bolaning chiqarib olingani haqida ma’lum qilindi. Shunday qilib g‘orda yana to‘rt nafar o‘smir va ularning murabbiysi qolmoqda.
Qutqaruv operatsiyasini g‘orga doimiy ravishda oqib kirayotgan suv qiyinlashtirmoqda. 8-iyul kuni boshlangan operatsiyaning to‘rt kundan ortiqqa cho‘zilmasligi taxmin qilinmoqda, chunki bu muddatdan so‘ng g‘or to‘liq suv ostida qolishi mumkin.
Qutqaruv ishlari belgilangan muddatlardan oldinroq bajarilayotgani aytilmoqda, har bir bolani g‘ordan olib chiqish uchun rejalashtirilganidan ko‘ra ikki baravar kam vaqt ketmoqda.
Izoh (0)