Qozog‘istonda “Ostona” xalqaro moliyaviy markazi — “mamlakat ichida mamlakat” barpo etildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, Spot xabar bermoqda.
Markazning kompaniyalar va xorijiy investorlar o‘rtasida vositachi bo‘lishi rejalashtirilgan.
Maqsad — xalqaro kapital bozorining yirik o‘yinchilarini ularga bojxona imtiyozlarini taqdim qilgan holda mamlakatga jalb qilish.
Dubay xalqaro moliyaviy markazi singari “Ostona” ham bozorning barcha ishtirokchilari — kichik korxonalar, xususiy banklar, brokerlar, boshqaruvchi aktivlar, islom moliyaviy institutlari, blokcheyn kompaniyalari bilan faoliyat olib boradi. Biroq Dubaydan farqli ravishda, Ostona qatnashchilarining doimiy ravishda Qozog‘istonda bo‘lishini talab qilmaydi.
Asosiy faoliyat yo‘nalishlari — kapital bozorini rivojlantirish, aktivlarni boshqarish, yangi moliyaviy texnologiyalarni joriy qilish.
Hududda soddalashtirilgan valyuta, viza va mehnat tizimlari amal qiladi. Ish ingliz tilida olib boriladi.
Izoh (0)