• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shoqosim Shoislomovning Birinchi Prezident haqidagi xotiralari (video)

    Islom Karimov nomidagi jamoatchilik fondining Facebook’dagi sahifasida Shoqosim Shoislomovning Birinchi Prezident haqidagi xotiralari e’lon qilindi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “O‘zbekistonga qarshi boshlangan qatag‘on kampaniyasi avjiga chiqqan kezlarda Kremldagilar, nihoyat, respublika boshqaruv idoralarini Ittifoqning turli hududlaridan keltirilgan kadrlar bilan muttasil to‘ldirib borish mumkin emasligini tushunib yetdilar. 1986-yilning boshida Moskvada (keyinchalik turli lavozimlarda foydalanish uchun) 35 yoshdan katta bo‘lmagan 40 kishidan iborat “yosh kadrlar zaxirasi”ni tuzishga qaror qilishdi. Markaziy Qo‘mita tashkiliy bo‘limi instruktori lavozimida ishlayotgan kamina ham ushbu guruhga olindi. G‘oya tashabbuskorlarining rejasiga ko‘ra, ushbu guruhni muntazam o‘qitish, respublika rahbariyati bilan uchrashuvlar tashkil etish va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilgan edi.

    1986-yil mart oyida bizga O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari – Davlat reja qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi. Shanba kunlaridan birida biz Ministrlar Kengashi binosining oltinchi qavatidagi zalda yig‘ildik. Zalga ko‘rinishidan yosh, tik qomatli kishi kirib keldi. Bu Islom Abdug‘aniyevich Karimov edi. U kishi vazminlik bilan, hissiyotlarga berilmay, respublika iqtisodiyotining ahvoli haqida so‘zlab berishlarini aytdilar. Keyin esa qog‘ozga qaramasdan, 40 daqiqa davomida bizning tasavvurlarimizni ostin-ustun qilib yuborgan holatlar haqida hikoya qildilar. O‘sha davr matbuoti va televideniyesida e’lon qilingan “Sharqdagi sotsializm mash’alasi” qo‘lga kiritayotgan davomli muvaffaqiyatlar haqidagi g‘alaba hisobotlariga o‘rganib qolgan emasmizmi, biz, eshitganlarimizdan shunchaki o‘zimizni yo‘qotmadik, balki yakson etilgan holga tushdik. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy holatini ipidan ignasiga qadar yaxshi bilgan Islom Abdug‘aniyevich dahshatli raqam va faktlarni keltirgan edilar. Ma’lum bo‘lishicha, respublikamiz aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq Ittifoqda so‘nggi o‘rinlarda ekan.

    Go‘yo azaxonaga aylangan zalda yurakni ezadigan sukunat hukm surar edi. Guruhning aksar a’zolari mintaqalardan – viloyat va tuman darajasidagi rahbar xodimlar edi. Keltirilgan dalillar, ayniqsa, ularga favqulodda ta’sir etgandi.Islom Abdug‘aniyevich so‘zlarini yakunlab, savollar bormi, deb so‘radilar. Barchamiz o‘zimizni yo‘qotib, boshimizni xam qilgancha, jimgina o‘tirar edik. Garchi “oshkoralik” deb atalgan davr e’lon qilingan bo‘lsa-da, bu – ochiqligi va baho-munosabatlarning shafqatsizligi jihatidan favqulodda kutilmagan chiqish edi. Negaki, o‘sha kuni aytilgan aksar fikrlar hattoki tor doira yoki ishonchli do‘stlar davrasida ham ming bir ehtiyotkorlik bilan muhokama etiladigan gaplar edi.

    Cho‘zilib ketgan sukunat sabab yuzaga kelgan o‘ng‘aysizlikni yo‘qotish uchun men guruhboshi sifatida “O‘zbekistondagi vaziyat shu qadar og‘ir ekan, respublika rahbariyati nega chora ko‘rmayotir?” deb savol berdim. Islom Abdug‘aniyevich zalga diqqat bilan razm solib chiqqach, “Men ham shuni bilishni istar edim”, dedilar. Ya’ni halokatli vaziyat xususidagi haqiqatlarni shaxsiy tashabbuslari bilan oshkor qilganlari ma’lum bo‘ldi. Bu voqea O‘zbekistonda Anishev va uning to‘dasi hukmfarmolik qilayotgan, ular partiya Markaziy Qo‘mitasi, Sovet ittifoqining Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB), Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa huquq-tartibot idoralari, umuman, butun hokimiyatni egallab olgan davrda ro‘y bergan edi. Islom Karimov bu bilan mislsiz jasorat ko‘rsatganlarini ta’kidlashga hojat bo‘lmasa kerak: zero, u kishi hamma yerda ayg‘oqchi va josuslar hoziru nozir ekanini yaxshi bilar edilar.

    Vatanparvarlik, badnom etilgan millat qayg‘usi, sobiq Ittifoqning turli hududlaridan kelgan muttahamlar galasi tomonidan g‘orat etilayotgan Vatan taqdiriga kuyinish kabi xislatlar u kishini ana shunday mardonavor harakatga undagan edi.

    …Bu voqeadan bir necha oy keyin Islom Karimovni o‘sha davrda eng og‘ir holatda bo‘lgan Qashqadaryo viloyatiga yuborishdi. Muammolar girdobida qolgan viloyat rahbariyatidan istagancha kamchilik topish mumkin – g‘animlar aqlli, qat’iy irodali ekani bois ularga nomaqbul bo‘lgan insondan shu yo‘l bilan qutulishni ko‘zlagan edilar.

    O‘zbekistonning bo‘lajak rahbari keyinchalik qanday mashaqqatli siyosiy yo‘lni bosib o‘tgani ko‘pchilikka ma’lum. “Yosh kadrlar zaxirasi” g‘oyasiga kelsak, Markazning boshqa ko‘plab tashabbuslari kabi, bu tashabbus ham biz hikoya qilgan uchrashuvdan keyin bekor bo‘ldi va boshqa eslanmadi”.

    Muallif haqida: 2005-yildan 2018-yilgacha O‘zbekistonning Tojikistondagi Favqulodda va muxtor elchisi, 2018-yildan boshlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshidagi Axborot-tahlil markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

    https://www.facebook.com/IslamKarimovFoundation/videos/1880416051978679/?t=33

    25.06.2018, 08:25   Izoh (0)   43016
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahar IIBB Murod Xonto‘rayev qo‘lga olinganini tasdiqladi

    25.06.2018, 08:15

    Sherzod Shermatovga maktab ta’limi tizimidagi muammolar yechimi yuzasidan 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushdi

    25.06.2018, 07:56

    Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Turkiya prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

    25.06.2018, 06:59

    Qoraqalpog‘istonda “Bilimsiz va dangasa insonning jamiyatdagi o‘rni” deb nomlangan yodgorlik paydo bo‘ldi

    24.06.2018, 20:05

    Toshkentda PPX va YPX avtomobillari yangi dizaynga ega bo‘ldi (foto)

    24.06.2018, 18:17

    Toshkentda MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev qo‘lga olindi

    24.06.2018, 17:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    200 dollarlik imzo: Jizzaxda ikkita mansabdor qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 20:18

    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

    Reklama | 13 avgust, 19:30

    Hindiston shimolida suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 240 nafarga yetdi

    Dunyo | 13 avgust, 20:15

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga bordi

    Dunyo | 13 avgust, 20:05

    Dollar kursining pasayishi: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun imkoniyatmi yoki xavf?

    Pul | 13 avgust, 19:56

    “Manchester Yunayted” Keynni APLga qaytarmoqchi

    Sport | 13 avgust, 19:47

    Belarus va Rossiya yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

    Dunyo | 13 avgust, 19:40

    Asossiz yechib olingan pullar bugun kun oxirigacha soliq to‘lovchilarga qaytariladi — Soliq qo‘mitasi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 19:24

    Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 13 avgust, 19:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.