Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Asli Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidan bo‘lgan AQSh fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: Twitter / @Navbahor

Foto: Twitter / @Navbahor

O‘zbekistonga qarindoshlarining taklifi bilan, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tomonidan berilgan 90 kunlik viza asosida kelgan Zokir Aliyev 16-iyun kuni, qarindoshlarining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi uyiga kelishi bilan qo‘lga olingan edi.

Aliyevning qo‘lga olinishi bilan DXX tomonidan berilgan bayonotda, AQSh fuqarosi terrorchilikka aloqadorlik gumoni ostida 2005-yildan beri qidiruvda bo‘lgani uchun ushlangani aytildi. 22-iyun kuni uning ozod etilgani, u hozirgi vaqtda qarindoshlarinikida ekani haqida xabar berilgan edi.

“Gazeta.uz” 23-iyun kuni Zokir Aliyevning oilasiga yaqin manbaga asoslanib xabar berishicha, AQSh fuqarosiga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan — u Qashqadaryodan chiqib ketmaslik va munosib xulq-atvor haqidagi tilxat asosida qo‘yib yuborilgan. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Aliyevga nisbatan tergov tadbirlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)