Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda Nokia 3 va Nokia 5 smartfonlari sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Ular yil boshida Barselonadagi ko‘rgazmada taqdim etilgan edi. Nokia 3 yangi lineykadagi eng arzon smartfon bo‘lsa, Nokia 5 butunlay metall korpusli o‘rta sinfga tegishli qurilmadir.

Skrinshot: YouTube

Skrinshot: YouTube

Nokia 3 modeli 5 dyuymli va 720×1280 pikselli displey, to‘rt yadroli protsessor, 8 megapikselli kameralar, 16 Gb doimiy va 2 Gb tezkor xotiraga ega. Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Nokia 5 esa 5,2 dyuymli Corning Gorilla Glass shishasi bilan himoyalangan displey, Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera bilan jihozlandi. Xotiralari hajmi va operatsion tizimi Nokia 3 niki bilan bir xil.

Toshkentdagi “Malika” savdo markazida Nokia 3 smartfoni 1 million so‘m, Nokia 5 esa 1 230 000 so‘mga sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida
Dunyo
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Kino
“Yonarqo‘ng‘izlar qabri”, “Yurak shiviri”, “Mushukning qaytishi”  — Yapon rejissorlarining eng yaxshi animelari