Andijon shahar tez tibbiy yordam bo‘limi shifokorlariga bir necha turdagi tibbiy jihozlar jamlanmasidan iborat tibbiyot qutilari tarqatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga umumiy qiymati 224 million 200 ming so‘m bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar berildi.
Shifokorlarga tarkibida EKG portativi, tanometr, termometr, “Ambu” qopchasi singari 10 turdagi jihozlar bo‘lgan tibbiyot qutilari berildi.
Bu kabi tibbiyot qutilari viloyatdagi barcha tuman va shaharlar tez tibbiy yordam bo‘limlari shifokorlariga topshirildi.
Izoh (0)