Qozog‘istonning Aktau shahrida asli o‘zbekistonlik Utegen ismli yigit do‘stlari bilan Ramazon oyiga atab aksiya o‘tkazib, shahar aholisi va mehmonlariga bepul taksi xizmatini ko‘rsatdi. Bu haqda “Tumba.kz” xabar bermoqda.
Utegen Aktauda 2004-yildan buyon yashab, shahardagi turli masjidlarda ishlab keladi. “Aktauliklarga sovg‘a qilishga qaror qildik, yigitlar bilan yig‘ilishib, ro‘za oyi davomida hammani bepul olib yurishga kelishib oldik”, — dedi u.
Ular shahar bo‘ylab “Ramazonda tekin taksi” yozuvi tushirilgan mashinalarda yurib, qo‘l ko‘targanlarning barchasini manziliga bepul yetkazib qo‘ygan.
Izoh (0)