O‘zbekistonda Huawei kompaniyasining Y6 Prime 2018 smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Qurilma romsiz dizaynda yaratilgan. Asosiy kamera qo‘sh kameraga o‘xshatib yasalgan, ammo aslida unda bitta modul bor. Barmoq izi skaneri orqa panelda joylashgan, biroq smartfonda yuzga qarab blokdan chiqarish funksiyasi ham ko‘zda tutilgan.
Huawei Y6 Prime (2018) 5,7 dyuymli va 720×1440 pikselli HD+ displey, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, Qualcomm Snapdragon 425 protsessori, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+microSD), 3000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Qurilma EMUI 8.0 interfeysli Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.
Toshkentdagi “Malika” savdo markazida smartfon 1 280 000 so‘mdan sotilmoqda.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)