I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida “Kinolektoriy” deb nomlangan media loyiha bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “KRuz.uz”.
7—8-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu media loyihada 1925-yilda suratga olingan “O‘lim minorasi” va 1927-yilda yaratilgan “Ikkinchi ayol” deb nomlangan ovozsiz ilk o‘zbek filmlari namoyish etildi.
Media loyiha Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan amalga oshirildi. Unda o‘zbekistonlik va xorijiy kinomatograf ustalari, Ali Hamroyev, Shavkat Abdusalomov, Nigora Karimova (kino sohasi bo‘yicha xalqaro ekspert), Birgit Boymers (Buyuk Britaniya), Xloye Driyevlar (Fransiya) tomonidan yaratilgan kinolar o‘rin olgan.
Loyiha muallifi — hujjatli film rejissori Eljon Abbasov. Loyihaning ilmiy maslahatchisi esa — kinotarixchi Nigora Karimova.
Izoh (0)