“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.
Qarorga ko‘ra:
- 81 gektardan ortiq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi hududiga kiritiladi;
- 38 gektardan ortiq foydalanilmayotgan maydonda joylashgan davlat mulki obyektlari negizida Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.
Kichik sanoat zonalari (KZS) hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik subyektlariga 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi va bunda ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.
Izoh (0)