Turkiyalik 69 yoshli mashhur karikaturachi Nuri Kurtjebe mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni haqorat qilgani uchun qamoqqa olindi. Hibs karikaturachining jazo haqidagi qarorga nisbatan apellyatsiyasi sud tomonidan rad etilgach amalga oshirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq Kurtjebe Erdo‘g‘onni karikatura qilgani uchun 1 yil 2 oy 15 kunga qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Karikatura 2015-yilda Aydinlik gazetasida chop etilgan.
Kurtjebe Turkiyaning shimoli-g‘arbidagi Yalova viloyatida jandarmeriya postida qo‘lga olingan va rasmiy jarayonlardan keyin qamoqxonaga jo‘natilgan.
Turkiya qonunchiligida prezidentni karikatura qilganlik uchun jarima yoki bir yildan to‘rt yilgacha qamoq jazosi ko‘zda tutilgan. Muxolifat rasmiylarni bu moddadan Erdo‘g‘on siyosatidan norozilarga qarshi qatag‘onlarda foydalanishda ayblaydi.
Izoh (0)