“Soyuz MS-07” kemasining tushiriladigan kapsulasi Qozog‘istonning Jezqazg‘an shahri yaqinidagi cho‘lga qo‘ndi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiyalik kosmonavt Anton Shkaplerov, NASA astronavti Skott Tingl va JAXA astronavti Norishige Kanai Yerga qaytdi.
“Soyuz MS-07” Xalqaro kosmik stansiyadan ajralib chiqqanidan so‘ng XKS-56 ekspeditsiyasi o‘z ishini boshladi. Amerikalik astronavt Endryu Foystel unga komandir bo‘ldi. Ekspeditsiya bort muhandislari — “Roskosmos” kosmonavti Oleg Artyemyev va NASA astronavti Richard Arnold. Ular 8-iyun kuni stansiyaga navbatdagi ekipaj yetib kelgunga qadar ilmiy tajribalar o‘tkazish bo‘yicha barcha ishlarni birgalikda bajaradi.
Izoh (0)