1963-yili ishlab chiqarilgan Ferrari 250 GTO sportkari rekord darajadagi narx — 70 million AQSh dollariga sotildi. Bu haqda CNBC News telekanaliga tayanib, “Korrrespondent.net” xabar qildi.
Avtomobilni Devid Maknil — AQShda mashina saloni uchun gilamlar ishlab chiqaruvchi WeatherTech kompaniyasining egasi sotib olgan.
Aynan shu avtomobil 1964-yili Tur-de-Frans poygasida g‘alaba qozongan. Avtomobil hech qachon hech qanday avariyaga uchramagan va uning ahvoli a’lo darajada, deyish mumkin.
Mutaxassislarning fikricha, bundan avvalgi rekord 2013-yili qayd etilgan. O‘shanda Ferrari’ning 1963-yili chiqqan boshqa bir mashinasi 52 million AQSh dollariga sotilgan.
Izoh (0)