Prezidentning 2018-yil 28-maydagi qaroriga binoan Sharifjon Mo‘minjonov Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 30-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sharifjon Mo‘minjonovni vazirlik jamoasiga taqdim etdi hamda yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.
Sharifjon Mo‘minjonov o‘ziga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirib, tizimni yanada rivojlantirishda kuch-g‘ayrati, bilim va tajribasini ishga solishini ta’kidladi.
Izoh (0)