12 yashar Ubay qori Yahyoyev Yoshlar telekanalining “Yangi kun” dasturida barchani lol qoldirdi. Ko‘rsatuv boshlovchisi undan Qur’oni Karimning 3 ta turli oyatlarini aytib berishini so‘radi. Ubay qori esa barcha oyatlarni xatosiz qiroat qilish barobarida bu oyatlar Kalomullohning nechanchi porasi tarkibiga kirishini ham aytib berdi.
Eslatib o‘tamiz, Xo‘ja Alambardor masjidi imom-xatibi noibi Husaynxon qori Yahyo Abdulmajidning o‘g‘li Ubay Yahyoyev 8 yoshida Qur’onni yod olgan. U o‘tgan yili, 11 yoshida Bolgariyaning Nesebr shahrida yaqinda bo‘lib o‘tgan “Chegarasiz matematika–2017” matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadaning final bosqichida qatnashib, 11 mamlakatdan kelgan 1200 nafar kuchli matematik orasida o‘z yosh bosqichi bo‘yicha oltin medaliga sazovor bo‘lgan. Bundan tashqari, Ubay rus, ingliz va fransuz tillarini juda yaxshi bilishi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi.
Izoh (0)