Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Jahon chempioni Shahram G‘iyosov professional ringdagi uchinchi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Olamsport”.
Qayd etilishicha, Shahram joriy yilning 23-iyun kuni professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hozircha ushbu jangda G‘iyosovga kim raqib bo‘lishi noma’lum. Ayni paytda u mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan.
Ma’lumot uchun o‘zbekistonlik bokschi bugunga qadar o‘tkazgan ikkala jangida ham g‘alaba qozongan edi.
Izoh (0)