Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan P20 smartfoni O‘zbekiston bozorlarida ham sotila boshlandi. Smartfon tashqi ko‘rinishi bilan iPhone X’ni yodga soladi, deb xabar berdi “Mobinfo”.
Mazkur smartfonga ikkitalik Leica kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, u 12 megapikselli rangli modul va 20 megapikselli monoxrom moduldan iborat. Selfi uchun esa 24 megapikselli frontal kamera o‘rnatilgan. Qurilma Huaewi — Kirin 970 protsessorida ishlaydi.
Smartfonning tezkor xotirasi 4 gigabaytni va ichki xotirasi esa 128 gigabaytni tashkil etadi, shu sababli unga microSD o‘rnatib bo‘lmaydi. Apparatga ikkita SIM-karta joylashtirish mumkin, jumladan, aloqa LTE standarti asosida ishlaydi.
Smartfonning boshqa o‘ziga xos jihatlaridan yana biri — unga 5,8 dyuymli displey va sig‘imi 3400 mA/soatga teng akkumulyator o‘rnatilgan. Ayni vaqtda Huawei P20 smartfoni Toshkentdagi savdo markazlarida 5 103 000 so‘mdan taklif etilmoqda.
Izoh (0)