Amerikaning F-22 qiruvchi samolyotlari Alyaska g‘arbiy qirg‘og‘i havo hududida Rossiyaning ikkita Tu-95 bombardimonchisini tutib qolish uchun havoga ko‘tarildi. Bu haqda Shimoliy Amerika Havo-kosmik mudofaasi (NORAD) qo‘mondonligi vakili Skott Miller ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Ikkita F-22 NORAD qiruvchi samolyoti Alyaska g‘arbiy qirg‘og‘i havo hududida Aleut orollaridan shimol tomon uchayotgan Rossiyaning ikkita Tu-95 bombardimonchisini tutib qoldi”, — deydi amerikalik harbiy.
Millerning ta’kidlashicha, Tu-95 samolyotlari NORAD tomonidan mudofaa qilinuvchi Bering dengizining 320-kilometri zonasiga kirib qolgan. Shundan so‘ng Amerika qiruvchi samolyotlari Rossiyaga tegishli bombardimonchilar identifikatsiya zonasidan chiqib ketguniga qadar ularni kuzatib borgan.
Amerika qo‘mondonligi vakilining so‘zlariga qaraganda, bombardimonchilar AQSh va Kanada havo chegarasini kesib o‘tmagan, faqatgina xalqaro dengiz suvlari ustidan uchib o‘tgan va xalqaro bitimlarni buzmagan.
Izoh (0)