“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Misrning o‘zi tug‘ilib o‘sgan Nagrig qishlog‘idagi suv-oqova tizimi qurilishiga katta miqdorda pul mablag‘i ajratdi, deb yozadi All Africa’ga tayanib, “Sports.ru”.
Misrlik futbolchi bu ish uchun 450 ming AQSh dollari sarfladi.
Muhammad Saloh Misrda xayr-saxovatli ishlarni tez-tez amalga oshirib turadi. Avvalroq u sport maydonchasi qurilishi va kasalxona ta’miri uchun ham pul ajratgandi.
Izoh (0)